Nashr etikasi
Umumiy qoidalar
"Strategik Kuch" ilmiy jurnali mualliflar, tahririyat hay'ati, retsenzentlar va tahririyat o'rtasidagi munosabatlarni xalqaro ilmiy nashr etika standartlari, nashriyot olamida qabul qilingan axloq normalari, akademik halollik tamoyillari hamda jurnalning tahririyat siyosati asosida tashkil etadi.
Jurnal faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- ilmiy yangilikka ega, nazariy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi ilmiy maqolalarni nashr etish;
- strategik tadqiqotlar, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, geosiyosat, milliy xavfsizlik, davlat boshqaruvi, ta'lim siyosati, sotsiologiya, psixologiya va turdosh yo'nalishlardagi dolzarb ilmiy muammolarni yoritish;
- mualliflarning ilmiy asoslangan va dalillarga tayanuvchi nuqtayi nazarlarini erkin ifoda etish imkoniyatini ta'minlash;
- qo'lyozmalarni xolis baholash maqsadida "ikki tomonlama yashirin taqriz" (double-blind peer review) tizimidan foydalanish;
- maqolalarni ko'rib chiqish jarayonining shaffofligi va mualliflarni o'z vaqtida xabardor qilish;
- tahririyatning maqolalarni ilmiy va texnik jihatdan tahrir qilish huquqini saqlab qolishi;
- akademik halollik, xolislik va ilmiy mas'uliyat tamoyillariga qat'iy rioya etish.
Mualliflarning etik majburiyatlari
Muallif:
- jurnalga taqdim etilgan maqolaning ilmiy mazmuni va natijalari uchun to'liq javobgar hisoblanadi;
- tadqiqot natijalari haqqoniy va ishonchli ekanligini kafolatlaydi;
- plagiat, o'zlashtirish va ma'lumotlarni soxtalashtirish holatlariga yo'l qo'ymasligi shart, agar mualliflar boshqa birovning asari va/yoki so'zlaridan foydalangan bo'lsalar, ularga tegishli ravishda iqtibos keltirilishi kerak;
- foydalanilgan barcha manbalarni amaldagi bibliografik standartlarga muvofiq rasmiylashtirishi lozim;
- maqola boshqa nashrga bir vaqtning o'zida yuborilmaganligini tasdiqlaydi;
- hammualliflar maqola mazmuni bilan tanishgani va uning nashr etilishiga rozilik bildirganini ta'minlaydi;
- maqolani ko'rib chiqishning istalgan bosqichida rasmiy murojaat orqali qaytarib olish huquqiga ega;
- maqolada aniqlangan muhim xato yoki noaniqliklar haqida tahririyatni zudlik bilan xabardor qilishi shart;
- boshqa mualliflar, tashkilotlar yoki ilmiy nashrlarga nisbatan haqorat, tuhmat va asossiz ayblovlarga yo'l qo'ymasligi lozim.
Retsenzentlarning etik majburiyatlari
Retsenzent:
- qo'lyozmani xolis, mustaqil va ilmiy mezonlar asosida baholaydi;
- maqolaning ilmiy yangiligi, metodologik asoslanganligi, nazariy va amaliy ahamiyatini tahlil qiladi;
- manfaatlar to'qnashuvi mavjud bo'lganda tahririyatni xabardor qiladi va taqriz berishdan voz kechadi;
- muallifga nisbatan shaxsiy munosabatlardan holi bo'lgan holda xulosa tayyorlaydi;
- tavsiyalarini aniq, asosli va konstruktiv shaklda bayon etadi;
- taqriz uchun taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlaydi;
- qo'lyozma mazmunidan shaxsiy manfaatlar yo'lida foydalanmaydi.
Tahririyatning etik majburiyatlari
Bosh muharrir va tahririyat:
- maqolalarni ilmiy sifati, dolzarbligi va jurnal yo'nalishiga mosligi asosida baholaydi;
- muallifning lavozimi, ilmiy darajasi, jinsi, millati, diniy e'tiqodi yoki siyosiy qarashlaridan qat'i nazar qaror qabul qiladi;
- maqola taqdim etilgan kundan boshlab belgilangan muddatlarda uni ko'rib chiqishni tashkil etadi;
- nashrga qabul qilish yoki rad etish to'g'risidagi qarorni taqrizlar va tahririyat hay'ati xulosalari asosida qabul qiladi, rad etilgan taqdirda muallifga qisqacha javob beradi;
- muallif bilan doimiy aloqani ta'minlaydi va maqolaning ko'rib chiqilish holati haqida ma'lumot beradi;
- ilmiy axloq qoidalari buzilgan hollarda maqolani rad etish, qayta ko'rib chiqish yoki nashrdan chiqarib tashlash huquqiga ega;
- ilmiy halollik va nashr etika tamoyillariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Plagiatga qarshi siyosat
"Strategik Kuch" jurnali akademik halollik tamoyillariga qat'iy amal qiladi.
- Barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturlari orqali tekshiriladi.
- Plagiat, ma'lumotlarni qalbakilashtirish, o'z-o'zini plagiat qilish (self-plagiarism) va boshqa etik qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda maqola rad etiladi.
- Zarurat tug'ilganda maqola nashrdan qaytarib olinishi (retraction) mumkin.
Manfaatlar to'qnashuvi
Mualliflar, retsenzentlar va tahririyat a'zolari maqola natijalariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan moliyaviy, institutsional yoki shaxsiy manfaatlar mavjud bo'lsa, bu haqda tahririyatni xabardor qilishlari shart.
Mualliflik huquqi
Maqola nashr etilganidan so'ng mualliflik huquqi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va jurnal siyosatiga muvofiq himoya qilinadi. Mualliflar maqoladan foydalanishda jurnal manbasiga havola berishlari shart.
Политика этики публикаций
Международный научный журнал «Стратегическая сила» поддерживает высокие этические стандарты в научных публикациях. Данная политика разработана в соответствии с принципами COPE (Committee on Publication Ethics) и определяет обязанности авторов, рецензентов, редакции и издателя.
1. Обязанности авторов
- Представленная статья должна быть оригинальным исследованием автора; плагиат и фальсификация данных строго запрещены.
- Все лица, указанные в качестве соавторов, должны внести реальный вклад в содержание статьи.
- Автор обязан раскрыть финансовые или иные конфликты интересов, способные повлиять на исследование.
- Все использованные источники и литература должны быть указаны корректно и полностью.
- Автор подтверждает, что статья не находится на рассмотрении в другом журнале.
- Исследования с участием людей или животных должны быть одобрены соответствующим комитетом по этике.
2. Обязанности рецензентов
- Рецензент обязан сохранять конфиденциальность статей и не использовать их в личных целях.
- При наличии конфликта интересов (сотрудничество с автором, конкуренция и т.д.) рецензент обязан немедленно сообщить в редакцию.
- Рецензия должна быть объективной, конструктивной и обоснованной; следует избегать личной критики.
- Рецензент обязан сообщить в редакцию о подозрениях в плагиате или этических нарушениях.
- Рецензент, не способный предоставить рецензию в срок, обязан незамедлительно уведомить редакцию.
3. Обязанности редакции
- Редакция оценивает статьи исключительно по научному качеству, независимо от национальности, пола, вероисповедания, гражданства и политических взглядов автора.
- Представленные статьи и процесс рецензирования сохраняются в тайне.
- При обнаружении ошибок или этических нарушений в опубликованной статье редакция принимает меры по исправлению, опровержению или отзыву.
- Члены редколлегии отстраняются от принятия решений по статьям, авторами которых они являются.
- Редакция своевременно доводит до авторов результаты рецензирования.
4. Политика в отношении плагиата и фальсификации данных
- Все представленные статьи проверяются с помощью антиплагиатного программного обеспечения.
- При уровне совпадения свыше 20% статья не принимается к рассмотрению.
- Изобретение, фальсификация или избирательный отбор данных строго запрещены.
- При обнаружении плагиата или фальсификации статья немедленно отклоняется, а руководство учреждения уведомляется.
5. Двойное слепое рецензирование
Журнал использует метод двойного слепого рецензирования (double-blind peer review) — автор не знает личности рецензента, а рецензент — личности автора. Каждая статья рассматривается двумя независимыми рецензентами. При разногласии привлекается третий рецензент.
6. Этические проблемы и жалобы
Любые жалобы или обращения, касающиеся этики публикаций, могут быть направлены по адресу info@yomi.uz. Редакция обязана рассмотреть каждое обращение и дать ответ в течение 30 рабочих дней.
Publication Ethics Policy
The "Strategic Force" International Scientific Journal upholds high ethical standards in scholarly publishing. This policy is developed in accordance with the principles of COPE (Committee on Publication Ethics) and defines the responsibilities of authors, reviewers, editors, and the publisher.
1. Authors' Responsibilities
- The submitted manuscript must be the author's own original research; plagiarism and data falsification are strictly prohibited.
- All individuals listed as co-authors must have made a genuine contribution to the content of the manuscript.
- Authors must disclose any financial or other conflicts of interest that could influence the research.
- All sources and references used must be cited accurately and completely.
- Authors confirm that the manuscript is not under consideration at another journal.
- Research involving humans or animals must be approved by an appropriate ethics committee.
2. Reviewers' Responsibilities
- Reviewers must keep manuscripts confidential and must not use them for personal purposes.
- If a conflict of interest exists (collaboration with the author, competition, etc.), the reviewer must immediately inform the editorial office.
- Reviews must be objective, constructive, and substantiated; personal criticism should be avoided.
- Reviewers must notify the editorial office of any suspected plagiarism or ethical violations.
- Reviewers unable to submit a review within the agreed timeframe must promptly inform the editorial office.
3. Editors' Responsibilities
- The editorial board evaluates manuscripts solely on scientific merit, regardless of the author's nationality, gender, religion, citizenship, or political views.
- Submitted manuscripts and the peer-review process are kept confidential.
- If errors or ethical violations are discovered in a published article, the editorial board takes corrective action, issues a retraction notice, or withdraws the article.
- Editorial board members are excluded from decision-making for manuscripts of which they are authors.
- The editorial board promptly communicates peer-review feedback to authors.
4. Policy on Plagiarism and Data Falsification
- All submitted manuscripts are checked using anti-plagiarism software.
- A similarity rate exceeding 20% results in rejection of the manuscript.
- Fabrication, falsification, or selective use of data is strictly prohibited.
- If plagiarism or falsification is detected, the manuscript is immediately rejected and the author's institution is notified.
5. Double-Blind Peer Review
The journal employs a double-blind peer review process — the author does not know the identity of the reviewer, and the reviewer does not know the identity of the author. Each manuscript is reviewed by two independent reviewers. In case of conflicting opinions, a third reviewer is engaged.
6. Ethical Issues and Complaints
Any complaints or inquiries regarding publication ethics may be directed to info@yomi.uz. The editorial office is obliged to review each inquiry and provide a response within 30 working days.